Uy-joy sotib olish uchun muddatli to‘lov

Openbank sizga qulay shartlarda uy-joy sotib olish uchun muddatli to‘lovni taklif etadi – tez, shaffof va ishonchli. Onlayn ariza qoldiring va qisqa vaqt ichida skoring natijasini oling.

Uy-joy sotib olish uchun muddatli to‘lov

Nima uchun aynan Openbank?

Openbank’dan uy-joy sotib olish uchun muddatli to‘lov — bu 2 yildan 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali uy-joy xarid qilishning qulay va ishonchli usuli. Mijoz ikkilamchi bozordan ko‘chmas mulkni tanlaydi, bank esa “Open Tijorat” sho‘ba korxonasi orqali uni sotuvchidan xarid qilib, mijozga muddatli to‘lov sharti bilan qayta sotadi. Natijada mijoz uy-joyni darhol o‘z nomiga oladi va to‘lovlarni bosqichma-bosqich amalga oshiradi — an’anaviy ipoteka krediti rasmiylashtirilmasdan.

Qulaylik. Limitni oshirish uchun 5 tagacha birgalikda qarz oluvchilarni jalb qilish mumkin.

Raqamli xizmat. Mobil ilova va elektron raqamli imzo (ERI) orqali ariza topshirish va shartnomani imzolash imkoniyati.

Moslashuvchan muddatlar. Muddat 2 yildan 7 yilgacha.

Haqqoniylik. Bitimlar qonunchilikka muvofiq Open Tijorat vositachiligi orqali amalga oshiriladi.

Boshlang‘ich to‘lov atigi 20%. Bu bozordagi eng qulay shartlardan biri hisoblanadi.

Shaffoflik. Bitimning barcha bosqichlari notarius, mustaqil baholash va kadastrda ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Openbank orqali ko‘chmas mulkni muddatli to‘lovga qanday xarid qilish mumkin?


1

Ariza topshiring. Openbank ilovasida ariza topshiring va bir necha daqiqada skoring natijasini oling.


2

Hujjatlarni tayyorlang va boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiring. Sotuvchi hujjatlarni taqdim etadi, siz esa hisob raqam ochib, birinchi to‘lovni amalga oshirasiz.


3

Shartnomani imzolang. Shartnoma e-imzo orqali onlayn imzolanadi.


4

Ko‘chmas mulkni qabul qilib oling. Biz mablag‘ni sotuvchiga o‘tkazamiz va mulkni nomingizga rasmiylashtiramiz.


5

Muddatli to‘lovni amalga oshiring. Openbankdagi jadvalga muvofiq oylik to‘lovlarni amalga oshirishni boshlang.

Muddatli to‘lov kalkulyatori

Qarz oluvchi ma'lumotlari
Hisoblash

Minimal summa bitim summasining 20% dan kam bo'lmasligi kerak

Shartnoma muddati (yillarda)
Kalkulyator
  • So‘ralgan summa
    0 so'm
  • Oldindan hisoblangan oylik to‘lov
    0 so'm
  • Stavka
    25%

    Asosiy qarz qoldig‘iga nisbatan

Arizani yuborish orqali siz rozilik bildirasiz maxfiylik siyosati bilan

Uy-joy sotib olish uchun muddatli to‘lovni qanday olish mumkin?

SmartCarousel

Openbank mobil ilovasiga kirib, Menyu > Uy-joy sotib olish uchun bo‘lib to‘lash bo‘limiga o‘ting.

Savollarga javoblar