Openbank ilovasi orqali debet kartaga buyurtma beriladi. Buning uchun:
1. Kartalar bo‘limiga o‘tiladi va “Karta qo‘shish” tugmasini bosing
2. Keyingi ekranda “Kartaga buyurtma berish” tugmasini tanlang
va Openbank debet kartasini belgilang.
3. Karta shartlari bilan tanishing va yetkazib berish bosqichiga
o‘ting.
4. Yetkazib berish manzilini tanlang yoki qo‘shing, shuningdek
qo‘shimcha telefon raqamini kiriting.
Tayyor! Siz Openbank debet kartasiga buyurtma berdingiz!
Openbank ilovasi orqali virtual karta ochiladi. Buning uchun:
1. Kartalar ro‘yxatiga o‘ting va “Karta qo‘shish” tugmasini
bosing.
2. Keyingi ekranda “Kartaga buyurtma berish” tugmasini tanlang
va Openbank virtual kartasini belgilang.
3. Karta dizaynini tanlang va unga nom bering.
4. Tayyor! Bir necha daqiqadan so‘ng karta ro‘yxatda paydo
bo‘ladi.
Karta tariflarini ko‘rish uchun havola orqali o‘ting.
Agar siz kartani o‘z vaqtida olmagan bo‘lsangiz, 1377 raqami orqali bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Openbank ilovasi orqali karta tafsilotlarini ko‘rish mumkin. Buning uchun:
2. Kartalar bo‘limiga o‘tiladi va kerakli karta tanlanadi
3. Karta tasviri bosiladi
4. Karta tafsilotlarini ko‘rish va nusxalash mumkin
Humo, Visa va Uzcard to‘lov tizimlari bilan ishlaydigan barcha terminallarda to‘lovni amalga oshirishingiz, shuningdek, dunyo bo‘ylab onlayn do‘konlarda tovar va xizmatlarni xarid qilishingiz mumkin.
Kobeyj kartasi — Humo va Visa kabi ikki to‘lov tizimi asosida ishlovchi karta
Openbank ilovasi orqali kartangizni vaqtincha “muzlatib” qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun:
Ro‘yxatdan kerakli kartani tanlang.
Karta ma’lumotlariga o‘ting.
“Kartani muzlatish” tugmasini bosing.
Vaqtinchalik bloklash kartani vaqtincha yo‘qotgan holatlarda
mablag‘laringizni himoya qiladi. Kartani istalgan vaqtda qayta
faollashtirish mumkin. Shuningdek, karta “muzlatilgan” bo‘lsa,
undan foydalanish imkoni bo‘lmaydi.
Openbank ilovasi orqali kartani to‘liq bloklashingiz mumkin. Buning
uchun: Ro‘yxatdan kerakli kartani tanlang. Karta tafsilotlariga o‘ting. “Kartani bloklash” tugmasini bosing. Kartani bloklagandan so‘ng undan foydalanib bo‘lmaydi. Bloklashdan oldin quyidagilarga ishonch hosil qiling: karta endi kerak emas; yoki uchinchi shaxslar kartaga kirish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bloklashdan oldin mablag‘larni yechib olish tavsiya etiladi.
Nima qilish kerak:
1. Openbank ilovasiga kiring
2. “Barcha kartalar va hisob raqamlari” bo‘limiga o‘ting va ro‘yxatdan kerakli kartani tanlang
3. Tafsilotlarda “Kartani bloklash” tugmasini bosing va keyingi oynada sababini tanlang
4. Kartani bloklaganingizdan so‘ng:1377 raqami orqali bankning
mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling
5. Kartaning yo‘qolganligi yoki buzilganligi haqida xabar bering
6. Shaxsingizni tasdiqlang (masalan, maxsus parol yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali)
7. Yangi kartaga buyurtma berish tartibi haqida ma’lumot oling
8. Karta bilan bog‘liq barcha parollarni o‘zgartiring (masalan, internet-banking uchun). Hisobingizdagi operatsiyalarni kuzatib boring
Agar kartangiz yo‘qolgan yoki buzilgan bo‘lsa, hisobingizdagi mablag‘larga ruxsatsiz kirishning oldini olish va moliyaviy yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni darhol bloklang
Nima qilish kerak:
1. Openbank ilovasiga kiring
2. “Barcha kartalar va hisob raqamlari” bo‘limiga o‘ting va ro‘yxatdan kerakli kartani tanlang
3. Tafsilotlarda “Kartani bloklash” tugmasini bosing va keyingi oynada sababini tanlang
4. Kartani bloklaganingizdan so‘ng: 1377 raqami orqali bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling
5. Bank xodimiga kartangizdan mablag‘lar noqonuniy ravishda yechib olingani haqida xabar bering va operatsiyalar bo‘yicha ma’lumot so‘rang
6. Shaxsingizni tasdiqlang (masalan, maxsus parol yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali)
7. Kartadan pul o‘g‘irlanganligi bo‘yicha ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qiling
PIN-kodingizni Openbank mobil ilovasida o‘zgartirishingiz mumkin.
Buning uchun:
1. Openbank ilovasiga kiring
2. “Barcha kartalar va hisob raqamlari” bo‘limiga o‘ting va
ro‘yxatdan kerakli kartani tanlang
3. Tafsilotlarda “PIN-kodni o‘zgartirish” funksiyasini tanlang va yangi PIN-kod o‘rnating
4. Tayyor!
Telefon raqamini o‘zgartirish uchun 1377 raqamiga o‘ng‘iroq qiling
Siz faqat vaqtincha bloklangan (muzlatilgan) kartani blokdan chiqarishingiz mumkin.
“Muzlatilgan” kartani blokdan chiqarish uchun:
1. Openbank ilovasiga kiring
2. “Barcha kartalar va hisob raqamlari” bo‘limiga o‘ting va ro‘yxatdan muzlatilgan kartani tanlang (u “Vaqtinchalik bloklangan” holati bilan belgilanadi)
3. Tafsilotlar sahifasida “Kartani blokdan chiqarish” funksiyasini tanlang
4. Tayyor!
Shuningdek, 1377 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Bank xavfsizlik talablariga ko‘ra xodim sizdan shaxsingizni tasdiqlashingizni so‘rashi mumkin (masalan, maxsus parol yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali).
Asosiy qarz qoldig‘iga nisbatan 24,99%
Marja — bankning foydasi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi: asosiy qarz × yillik stavka / 12
Yo‘q, tizim penya va jarimalarsiz ishlaydi
Ajratilgan limit yetarli bo‘lmagan taqdirda, 5 nafargacha birgalikda qarz oluvchilarni qo‘shish mumkin
Ha, uy-joy qiymatining kamida 20% dastlabki to‘lov sifatida kiritiladi. Ushbu summaga bank marjasi hisoblanmaydi
Ha, mumkin. Muddatidan oldin to‘langanda bank marjasi qayta hisoblanadi va umumiy qarzdorlik kamayadi
Shartnoma qarz ajratish asosida uy-joyni muddatli to‘lov bilan xarid qilishni nazarda tutadi va “qarz shartnomasi” sifatida rasmiylashtiriladi
Uy-joyni OpenGroup tarkibiga kiruvchi va bank bilan hamkorlikda ishlovchi “Open Tijorat” kompaniyasi sotib oladi
Ha. Ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida xarid qilish uchun sug‘urta polisini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi.
Sug‘urta polisi uchun to‘lov mijoz tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urta polisi ko‘chmas mulk qiymati va sug‘urta shartnomasining amal qilish muddatini inobatga olgan holda belgilanadi.
Openbank akkreditatsiyadan o‘tgan sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.
Muddatli to‘lov to‘liq muddatidan oldin yopilganda, agar bunday imkoniyat sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, mijoz foydalanilmagan davr uchun sug‘urta mukofotining bir qismini qaytarish masalasi bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishi mumkin. Mablag‘ni qaytarish to‘g‘risidagi qaror sug‘urta kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi.
Openbank ilovasi orqali hisob ochishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun:
- Asosiy ekranda "Barcha kartalar va hisob raqamlar" ni bosing va "hisob raqamlar" yorlig'ini tanlang
- "Hisobni ochish" tugmasini bosing va hisob uchun nom yarating
- Hisobni ochish shartlarini ko'rib chiqing va "Hisobni ochish" tugmasini bosing
- Tayyor! Siz Openbank hisobini ochdingiz!
Openbank ilovasi orqali hisob ma'lumotlarini ko'rishingiz mumkin. Buning uchun:
- Asosiy ekranda "Barcha kartalar va hisob raqamlar" ni bosing va "hisob raqamlar" yorlig'ini tanlang
- Kerakli hisobni toping va tanlang
- Hisob sahifasida "Hisob rekvizitkari" ni bosing.
- Tayyor! Siz ochilgan sahifada ma'lumotlarni ko'rishingiz va nusxalashingiz mumkin
Hisobning batafsil shartlarini bu yerda koʻrishingiz mumkin
Ha, hisoblar soni cheklanmagan
Hisob raqamlar cheksiz muddatga ochiladi
Siz Openbank kartalari va hisob raqamlariga pul o'tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin
“Open bank” AJ mijozlarga o‘z xizmatlarini onlayn ko‘rinishda taqdim qiladi. Shu boisdan, pul mablag‘larini naqd ko‘rinishda yuborishning imkoni mavjud emas.
OpenBank mobil ilovasida Zolotaya Korona orqali yuborilgan pul o‘tkazmalari qabul qiluvchiga momentalno available bo‘ladi.
“Zolotaya Korona” orqali xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha tariflar qabul qiluvchi mamlakat va valyuta konvertatsiyasi shartlariga qarab farq qilishi mumkin. Tariflar va komissiyalar bilan bank saytida joylashtirilgan tariflar jadvali, Openbank mobil ilovasi yoki qabul qiluvchi mamlakat va olish valyutasini ko‘rsatgan holda ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Qabul qiluvchining rekvizitlarini o‘zgartirish mumkin. Buning uchun bankning onlayn xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilasiz va yangi rekvizitlarni taqdim qilasiz. Buning asosiy sharti, qabul qiluvchi pul mablag‘larini olmagan bo‘lishi kerak. Agar pul mablag‘lari qabul qiluvchi tomonidan allaqachon olingan bo‘lsa, rekvizitlarni o‘zgartirishning imkoni bo‘lmaydi.
Albatta, pul o‘tkazmasini bekor qilishning imkoni mavjud. Buning uchun siz, bankning Onlayn xizmat ko‘rsatish markaziga aloqaga chiqasiz va xodimlarga pul o‘tkazmasini bekor qilmoqchiligingizni ma’lum qilasiz. Pul o‘tkazmasini bekor qilish bo‘yicha ariza (barcha ma’lumotlar bilan) yozasiz. Pul mablag‘lari Sizning pul o‘tkazmasini amalga oshirishda ishlatgan kartangizga 3 ish kunida qaytariladi.
- Bunda, Pul o‘tazmasini bekor qilishning asosiy shartlaridan biri, Qabul qiluvchi pul mablag‘larini olmagan bo‘lishi kerak.
- Agar mijoz bekor qilish/qaytarish niyati bilan pul o‘tkazmasi yuborilgan kunning o‘zida murojaat qilsa, pul mablag‘lari komissiyalar bilan birgalikda shu kundagi konvertatsiya kursi biln qaytariladi. Agar pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan kundan keyin boshqa kunlarda murojaat qilsa, u holda komissiya qaytarilmaydi, va murojaat qilingan kundagi kurs bilan qaytariladi.
BEST to‘lov tizimi orqali quyidagi davlatlarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin: Ozarbayjon, Abxaziya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkiya.
Quyidagi davlatlarga yuborilgan pul o‘tkazmalarini oluvchi naqd pul shaklida qabul qilishi mumkin: Ozarbayjon, Abxaziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston.
Shuningdek, Isroil, Rossiya va Tojikiston bank kartalariga pul o‘tkazish ham mumkin.
Pul o‘tkazmasi darhol yetib boradi — bu esa oluvchi boshqa davlatda pulni bir necha daqiqada, ya’ni bir daqiqadan so‘ng ham olishi mumkinligini anglatadi.
Buning uchun oluvchi qabul qilish punktiga borib, jo‘natma raqamini aytadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat — odatda pasport yoki ID-karta — ni taqdim etadi.
Faqatgina pul jo‘natma raqamini aytish va shaxsni pasport orqali tasdiqlash kifoya — operator jo‘natmani aynan uning qonuniy oluvchisi olishini tekshiradi.
Bank mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga 1377, +998 (78) 777-13-77 raqamlari orqali yoki Telegram’dagi @Onlinehelpcenterbot orqali bog‘lanishingiz mumkin.
Albatta, pul o‘tkazmasini bekor qilishning imkoni mavjud. Buning uchun siz, bankning Onlayn xizmat ko‘rsatish markaziga aloqaga chiqasiz va xodimlarga pul o‘tkazmasini bekor qilmoqchiligingizni ma’lum qilasiz. Pul o‘tkazmasini bekor qilish bo‘yicha ariza (barcha ma’lumotlar bilan) yozasiz. Pul mablag‘lari Sizning pul o‘tkazmasini amalga oshirishda ishlatgan kartangizga 3 ish kunida qaytariladi.
- Bunda, Pul o‘tazmasini bekor qilishning asosiy shartlaridan biri, Qabul qiluvchi pul mablag‘larini olmagan bo‘lishi kerak.
- Agar mijoz bekor qilish/qaytarish niyati bilan pul o‘tkazmasi yuborilgan kunning o‘zida murojaat qilsa, pul mablag‘lari komissiyalar bilan birgalikda shu kundagi konvertatsiya kursi biln qaytariladi.
- Agar pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan kundan keyin boshqa kunlarda murojaat qilsa, u holda komissiya qaytarilmaydi, va murojaat qilingan kundagi kurs bilan qaytariladi.
Qabul qiluvchining rekvizitlarini o‘zgartirish mumkin. Buning uchun bankning onlayn xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilasiz va yangi rekvizitlarni taqdim qilasiz. Buning asosiy sharti, qabul qiluvchi pul mablag‘larini olmagan bo‘lishi kerak. Agar pul mablag‘lari qabul qiluvchi tomonidan allaqachon olingan bo‘lsa, rekvizitlarni o‘zgartirishning imkoni bo‘lmaydi.
Pul o‘tkazmasini yuborish jarayonida olinadigan komissiya miqdori ilovada aniq ko‘rsatiladi. Shuningdek, qabul qiluvchi qancha summa olishini ham tizim avtomatik ravishda hisoblab beradi.
CoinShot orqali yuborilgan pul o‘tkazmasini qabul qilish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:
- O‘zbekistonning istalgan tijorat bankiga tegishli bank kartangizni tayyorlang.
- CoinShot tizimidagi pul o‘tkazmasini olish sahifasiga o‘ting.
- Shaklda (jadvalda) kerakli ma’lumotlarni to‘ldiring.
- Ma’lumotlar tasdiqlangandan so‘ng mablag‘lar avtomatik tarzda kartangizga o‘tkaziladi.
Odatda pul o‘tkazmasi bir necha daqiqa ichida amalga oshiriladi. Kamdan-kam hollarda texnik muammolar sababli mablag‘lar hisobga kechroq tushishi mumkin.
CoinShot o‘tkazmalari O‘zbekistondagi barcha banklarning Uzcard va HUMO kartalariga o‘tkaziladi.
Odatda pul o‘tkazmasi bir necha daqiqa ichida amalga oshiriladi. Kamdan-kam hollarda texnik muammolar sababli mablag‘lar hisobga kechroq tushishi mumkin.
Yo‘q, amaldagi Uzcard yoki HUMO kartasiga ega bo‘lish kifoya.
Mablag‘lar O‘zbekiston so‘mida beriladi. Konvertatsiya amaldagi va qulay kurs bo‘yicha avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Zararli dasturlar foydalanuvchining SMS-xabarlarini, bank rekvizitlarini, shaxsiy ma’lumotlarini va boshqa maxfiy axborotlarni yashirin ravishda qo‘lga kiritishi mumkin.
Ushbu dasturlar ko‘pincha zararli yoki fishing veb-saytlarda yashiringan bo‘ladi, shuningdek, Telegram va boshqa messenjerlardagi shubhali ilovalarni o'rnatish bu dasturlarning qurilmangizda paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Agar telefoningizda noma’lum ilovalar paydo bo‘lsa, ruxsatlar asossiz talab qilinsa, bu zararli ilova mavjudligidan dalolat berishi mumkin.
Agar ko‘rsatilgan barcha choralar foyda bermasa, qurilmani zavod sozlamalariga qaytarish (to‘liq "sbros" qilish) tavsiya etiladi.
Ha. “Check Permission” ilovasi Kiberxavfsizlik Markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u rasmiy va ishonchli ilova hisoblanadi.
Keshbek — bu xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganda sarflangan mablag‘ning bir qismini qaytarishdir. Masalan, elektr energiyasi uchun 100 000 so‘m to‘lab, keshbek 0,1 % bo‘lsa, keshbek hamyoniga 100 so‘m qaytariladi
Keshbek belgilangan xizmat uchun to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so‘ng keshbek hamyoniga hisoblanadi. Hisobga yozilish muddati xizmat yoki aksiya shartlariga bog‘liq bo‘lib, 1 kundan 30 kungacha bo‘lishi mumkin.
Mobil ilova orqali to‘lov amalga oshirilganda, agar ushbu xizmat uchun keshbek mavjud bo‘lsa, keshbek hisoblanadi.
Keshbek to‘lovdan so‘ng darhol yoki to‘lov tasdiqlangandan keyin hisoblanishi mumkin. Hisoblanish muddati 30 kungacha bo‘lishi mumkin.
To‘plangan keshbekdan faqat «To‘lovlar» bo‘limida xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirishda foydalanish mumkin. Mablag‘larni yechib olish, boshqa foydalanuvchilarga o‘tkazish yoki bank hisobiga o‘tkazish mumkin emas.
To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini tekshirish kerak. Mazkur xizmat bo‘yicha keshbek hisoblanish muddatini aniqlash lozim. Agar muddat o‘tgan bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish kerak.
Keshbek ayrim xizmat turlari bo‘yicha, aksiya shartlariga ko‘ra yoki maksimal hisoblanadigan summa bilan cheklanishi mumkin. Amaldagi cheklovlar har bir xizmat yoki aksiya shartlarida ko‘rsatiladi.
Keshbek so‘mda qaytariladi va keshbek hamyoniga hisoblab yoziladi.
«Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi Qonunga muvofiq O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqarolari, chеt ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaхslarning O‘zbеkiston Rеspublikasi banklaridagi omonatlari Fond tomonidan kafolatlanadi.
«Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq:
- aksiyalar hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq bankning regulyativ kapitali tarkibiga kiritilgan boshqa vositalar
- bank tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qogʻozlari;
- bankning subordinar qarz majburiyatlari;
- bankning seyflarida saqlanayotgan pul mablagʻlari;
- hosila moliyaviy vositalar, jumladan bank tomonidan chiqarilgan fyucherslar, forvard kontraktlari, svoplar va opsionlar boʻyicha yuzaga keladigan talab qilish huquqi;
- bankning mol-mulkni ishonchli boshqarish faoliyati bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan talab qilish huquqi.
Fond bilan yozma bitim rasmiylashtirgan tijorat banklaridagi fuqarolarning omonatlari Fond tomonidan kafolatlanadi. Ayni paytda rеspublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha banklar tomonidan Fond bilan tеgishli bitim rasmiylashtirilgan.
Bankning bank opеrasiyalarini amalga oshirish huquqini bеruvchi lisеnziyasi O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lanishi Fond tomonidan kafolatlanadi.
Xizmat O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun mavjud.
Minimal summa - 1 000 000 so‘m. Maksimal summa cheklanmagan.
Siz 3, 6, 9 yoki 12 oy muddatni tanlashingiz mumkin.
Ha, hisobni qo‘shimcha ravishda to‘ldirib borishingiz mumkin. Biroq mablag‘ni qisman yechib olishga ruxsat etilmaydi.
Bank daromadidan sizning ulushingiz investitsiya muddatiga bog‘liq:
3 oy - 66%
6 oy - 68%
9 oy - 70%
12 oy - 72%
Ulush har oyning 10-sanasida to‘lanadi. Agar bu sana dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Yo‘q. Olinmagan ulush alohida hisobga o‘tkaziladi va ishonchli boshqarishdagi mablag‘ summasini oshirmaydi.
Mablag‘laringiz milliy valyutada biznesni rivojlantirish uchun ajratilgan muddatli to‘lov asosida tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Siz hisobni muddatidan avval yopishingiz mumkin. Buning uchun Bankni kamida 10 kun oldin xabardor qilishingiz lozim.
Boshqaruv natijasidan olinadigan ulush mablag‘larning amalda bo‘lgan muddatiga qarab qayta hisoblanadi. Agar qayta hisob-kitob natijasida sizga tegishli ulush avval to‘langan summadan kam bo‘lsa, ushbu farq asosiy mablag‘dan ushlab qolinadi.
Openbank ilovasi orqali hisob ochishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun:
- Asosiy ekranda "Barcha kartalar va hisob raqamlar" ni bosing va "hisob raqamlar" yorlig'ini tanlang
- "Hisobni ochish" tugmasini bosing va hisob uchun nom yarating
- Hisobni ochish shartlarini ko'rib chiqing va "Hisobni ochish" tugmasini bosing
- Tayyor! Siz Openbank hisobini ochdingiz!
Ushbu xizmat kredit tarixingizga uchinchi tomon tashkilotlari kirishini cheklaydi va ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilishi xavfini kamaytirishga yordam beradi.
KATM hisoboti — bu amaldagi va yopilgan kreditlar hamda to‘lov intizomi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kredit tarixingiz hujjatidir.
Reytingni yangilash foydalanuvchi so‘roviga ko‘ra amalga oshiriladi. Ma’lumotlarning dolzarbligi kredit byurolariga kelib tushayotgan axborotlarga bog‘liq.
Reyting kreditlaringiz, to‘lov intizomi, qarz yuklamasi darajasi va boshqa omillar haqidagi ma’lumotlar asosida hisoblanadi.
Moliyaviy reyting — bu kredit tarixingiz va moliyaviy xulq-atvoringiz asosida shakllantirilgan to‘lov qobiliyatingiz ko‘rsatkichidir.
Dastur doirasida noturar joy ko‘chmas mulkini, jumladan ofislar, savdo va ishlab chiqarish binolari, omborxonalar hamda boshqa tijorat obyektlarini xarid qilish mumkin.
Arizani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, 18 yoshdan boshlab topshirishlari mumkin. Moliyalashtirish to‘liq yakunlanadigan sanada qarz oluvchining yoshi 60 yoshdan oshmasligi kerak.
Moliyalashtirishning eng kam summasi - 100 mln so‘m, eng yuqori summasi - 2,5 mlrd so‘m.
Moliyalashtirishning maksimal muddati 120 oy (10 yil) ni tashkil etadi.
Tasdiqlangan daromadga ega mijozlar uchun boshlang‘ich to‘lov ko‘chmas mulk qiymatining 20% dan boshlanadi.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun boshlang‘ich to‘lov ko‘chmas mulk qiymatining 35% dan boshlanadi.
Tasdiqlangan daromadga ega mijozlar uchun bank stavkasi 24,99%ni tashkil etadi.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun bank stavkasi 25,99%ni tashkil etadi.
Ha. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ko‘chmas mulk qiymatining 35% dan boshlanadigan boshlang‘ich to‘lov asosida moliyalashtirishni rasmiylashtirishlari mumkin.
Ta'minot sifatida xarid qilinayotgan noturar joy ko‘chmas mulki bank foydasiga moliyalashtirish muddati davomida garovga qo‘yiladi.
Tasdiqlangan daromadga ega mijozlar uchun:
oldi-sotdi shartnomasi;
kadastr hujjatlari.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun qo‘shimcha ravishda:
o‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
mijoz deklaratsiyasi.
Ha. Tasdiqlangan daromadga ega mijozlar uchun bank oxirgi 6 oydagi ish haqi yoki bank kartasi aylanmalarini tahlil qiladi.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning to‘lov qobiliyati mijoz deklaratsiyasi asosida baholanadi.
Yo‘q. Hujjatlar bankning mobil ilovasi orqali onlayn tarzda imzolanadi.
Yo‘q. Dastur doirasida imtiyozli davr nazarda tutilmagan.
Bank saytida joylashgan kalkulyator yordamida ariza topshirishdan oldin taxminiy oylik to‘lov miqdorini hisoblab chiqishingiz
Ha. Tasdiqlangan daromadga ega mijozlar 5 nafargacha birgalikdagi qarz oluvchini jalb qilishlari mumkin.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun birgalikdagi qarz oluvchini jalb qilish talab etilmaydi.
Ha. Ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida xarid qilish uchun sug‘urta polisini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi.
Sug‘urta polisi uchun to‘lov mijoz tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urta polisi ko‘chmas mulk qiymati va sug‘urta shartnomasining amal qilish muddatini inobatga olgan holda belgilanadi.
Openbank akkreditatsiyadan o‘tgan sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.
Muddatli to‘lov to‘liq muddatidan oldin yopilganda, agar bunday imkoniyat sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, mijoz foydalanilmagan davr uchun sug‘urta mukofotining bir qismini qaytarish masalasi bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishi mumkin. Mablag‘ni qaytarish to‘g‘risidagi qaror sug‘urta kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi.