Bank mijoz va hamkorlariga rasmiy murojaat
Bank Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan bank nomi «Smart bank» aksiyadorlik jamiyatidan «Open bank» aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirildi hamda bank yuridik manzili О‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shaxrisabz ko‘chasi, 2-uy etib belgilandi.
Bank nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzilining о‘zgarishi huquqiy shaxs maqomiga, shartnomalarning amal qilish muddatiga, kо‘rsatilayotgan xizmatlar/mahsulotlar sifati va tarkibiga ta’sir qilmaydi. Barcha majburiyatlarimiz va kelishuvlarimiz о‘z kuchida qoladi.
Bankning barcha shartnomaviy majburiyatlari va talablari, hisob raqamlari, telefon raqamlari, xizmat kо‘rsatish tartibi va sifati о‘zgarishsiz qoladi. Huquqiy vorislik tо‘liq saqlanadi.
“Open Bank” aksiyadorlik jamiyati yuridik va jismoniy shaxslarga masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish kanallari orqali barcha turdagi bank xizmatlarini taqdim etuvchi raqamli bank hisoblanadi.
Bank tomonidan nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan jami 500 million dona aksiyalar chiqarilgan va joylashtirilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 500 milliard so‘mni tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar bank mijozlarining turli loyihalarini moliyalashtirishga hamda bank likvidliligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bank tomonidan kelajakda qo‘shimcha aksiyalar chiqarish hamda sof foydani kapitallashtirish orqali ustav kapitalini ko‘paytirish rejalashtirilgan. Bu esa bankka moliyaviy xizmatlar bozorida o‘z faoliyatini yanada muvaffaqiyatli rivojlantirish imkonini beradi.
Bank aksiyadorlari tarkibi:
1. Future Open Technology Group AJ - 425 333 333 dona yoki 85,07 foiz aksiyalariga egalik qiladi.
2. Sultonov K.A. - 50 000 000 dona yoki 10 foiz aksiyalariga egalik qiladi.
3. Adilov Z.N. - 24 666 667 dona yoki 4,93 foiz aksiyalariga egalik qiladi.
Bank tomonidan aksiyadorlarga hisoblangan va to‘langan dividendlar:
- 2023-moliyaviy yil uchun: har bir oddiy aksiya uchun 0,4%.
- 2024-moliyaviy yil uchun: dividendlar hisoblanmagan.