Bank Kuzatuv kengashi a'zolari

Sherzod Tashpo‘lov
Kuzatuv kengashi raisi

Isroil Maxmudov
Kuzatuv kengashi a’zosi

Nuriddin Yusupov
Kuzatuv kengashi mustaqil a’zosi

Gapur Oziev
Kuzatuv kengashi mustaqil a’zosi

Baxtovar Yusufi
Kuzatuv kengashi mustaqil a’zosi
Bank Boshqaruvi a'zolari

Azamat To'rayev
Boshqaruv raisi

Ilxom Egamov
Boshqaruv raisi o'rinbosari

Muzrob Mamaraimov
Boshqaruv raisi o’rinbosari

Odil Utamurotov
Bosh Buxgalter

Anvar Baymanov
Komplayens va ichki nazorat boshqarmasi boshlig‘i

Eldorbek Umirqulov
G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i
Kollegial organlar
Audit qo‘mitasi
- ichki audit xizmatining mustaqilligi va xolisligini ta’minlash
- tashqi auditor hisobotlari va xulosalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli tavsiyalar berish
- nazorat hisobotlarining taqdim etilishi, to‘liqligi va ishonchliligini, shuningdek moliyaviy va boshqa hisobotlarni nazorat qilish
- ichki nazorat tizimi va ichki audit faoliyatining samaradorligi hamda muvofiqligini baholash
- ichki audit xizmati faoliyatiga oid masalalarni har chorakda muhokama qilish
- tashqi auditorni tanlash va uning takliflarini baholash bo‘yicha tavsiyalar berish
- ichki va tashqi audit tomonidan aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish ustidan nazorat o‘rnatish
Xatarlarni boshqarish qo'mitasi
- xatarlarni boshqarishga oid ichki normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha tavsiyalar berish
- xatarlarni boshqarish tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash
- xatarlar holati to‘g‘risidagi hisobotlarni, jumladan stress-test natijalarini ko‘rib chiqish
- xatarlarni baholash usullarini muntazam qayta ko‘rib chiqish
- tavakkalchilik normalari va limitlar tizimini tasdiqlash, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish
- mavjud va ehtimoliy xatarlar to‘g‘risidagi hisobotlarni tahlil qilish hamda ularni kamaytirish choralarini ishlab chiqish
- xatarlarni boshqarish uchun mas’ul tarkibiy bo‘linma faoliyatiga oid masalalarni har chorakda muhokama qilish
Korrupsiyaga qarshi kurash va axloq qo'mitasi
- sodir bo‘lgan yoki ehtimoliy noqonuniy xatti-harakatlar haqida maxfiylik va xavfsizlikni ta’minlovchi ogohlantirish tizimini yaratish
- bunday xatti-harakatlar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish va ular bo‘yicha tezkor hamda tizimli choralar ko‘rishni ta’minlash
- noto‘g‘ri xatti-harakatlarni aniqlash va ular yuzasidan tavsiyalar berishga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish
- salbiy holatlar bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqish va ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish
- nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tashqi auditorlar, reyting agentliklari hamda ichki audit xizmatining tavsiyalarini tahlil qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish
- mazkur yo‘nalish uchun mas’ul tarkibiy bo‘linma faoliyatiga oid masalalarni har chorakda muhokama qilish
Strategiya va investitsiyalar qo'mitasi
- bank strategiyasi va investitsiya faoliyatiga oid ichki normativ hujjatlar bo‘yicha tavsiyalar berish va ularni ko‘rib chiqish
- investitsiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va tasdiqlash
- bankning investitsiya strategiyasi va uning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish
- o‘z vakolatlari doirasida bank strategiyasi va investitsiya qarorlarini qabul qilish
- investitsiya faoliyatiga oid normalar va limitlar tizimini tasdiqlash, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish
- markaziy bank, tashqi auditorlar, reyting agentliklari hamda ichki audit xizmatining tavsiyalarini tahlil qilish va ularning ijrosini nazorat qilish
Tayinlash va mukofotlash qo'mitasi
- bankda kadrlar siyosatini shakllantirish
- kadrlar siyosati hamda mehnatga haq to‘lashga oid ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqishni ta’minlash
- boshqaruv va asosiy lavozimlarga nomzodlarni tanlash va baholash jarayonini tashkil etish
- boshqaruv va asosiy xodimlar samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni muntazam qayta ko‘rib chiqish
- shaffof kadrlar siyosati va adolatli ish haqi tizimini joriy etish
- ushbu yo‘nalish uchun mas’ul tarkibiy bo‘linma faoliyatiga oid masalalarni har yili muhokama qilish