O‘zbekiston Respublikasining
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonunining 3-moddasiga muvofiq:
Korrupsiya
Shaxs tomonidan o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy ne’matlar olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Korrupsiya jinoyati
Korrupsiya belgilariga ega bo'lgan, sodir etganligi uchun qonunda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish
"Open bank" AJ boshqaruv raisining
murojaatnomasi
Hurmatli bankimiz mijozlari va hamkorlari!
- Mamlakatimiz rivoji uchun eng xatarli, turli ko‘rinishlarda taraqqiyotimizga g‘ov bo‘layotgan illatlardan biri, shubhasiz, korrupsiyadir.
- Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan eng xavfli illatlardan biridir. Shu bois unga qarshi kurash bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.
- Ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘ladi, balki oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga ham bevosita tahdid soladi. Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, jamiyatning barcha sohalarida korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarga chek qo‘yish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
- Bank tomonidan ham mazkur islohotlar doirasida qator chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida tuzilma tashkil etilib, uning aniq vazifalari belgilandi.
- Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar natijasida raqamli boshqaruv tizimiga o‘tish jarayoni yo‘lga qo‘yildi hamda bank xizmatlari bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda.
- Bankimiz jamoasi ushbu illatga mutlaqo o‘rin qoldirmaslik uchun qat’iy kurash olib boradi.
- Bunday yondashuv jamiyatimiz hayotida mustahkam qaror topishi uchun barchamiz birgalikda mas’uliyat bilan harakat qilishimiz zarur.
- Mazkur murojaat orqali Sizlarni bankda korrupsion holatlar kuzatilganda yoki shubhali va noqonuniy holatlarga duch kelganda aloqa kanallarimiz orqali murojaat qilishga chaqiraman.
- Murojaatlaringiz maxfiyligi kafolatlanadi.
Hurmat bilan,
Azamat To'rayev
Azamat To'rayev
Boshqaruv raisi
"Open bank" AJ korrupsiyaga qarshi!
Bankning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati raqami - 1377 bilan bog‘laning
Openbank ilovasidagi onlayn chat orqali ham bog'lanishingiz mumkin
Bizga Telegram orqali yozing: @Onlinehelpcenterbot
