Mablag'laringizni boshqarishning qulay va xavfsiz usuli
Openbank debet kartasi HUMO-Visa kobeydj kartasi bo'lib, bir vaqtning o'zida bir nechta to'lov tizimlarida ishlash va turli terminallarda to'lovlarni amalga oshirish mkoniyatini beradi.
Butun dunyo bo'ylab qulay va xavfsiz xaridlar uchun!

Openbank debet kartasi HUMO-Visa kobeydj kartasi bo'lib, bir vaqtning o'zida bir nechta to'lov tizimlarida ishlash va turli terminallarda to'lovlarni amalga oshirish mkoniyatini beradi.
Naqd pul olish, do'konlarda va onlayn to'lovlarni amalga oshirish imjoniyati
Kartani bepul rasmiylashtirish va qulay xizmatlardan foydalanish
O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish




Ilovada ro'yxatdan o'ting
va shaxsingizni tasdiqlang
Kartaga buyurtma bering
va kuryerni kuting!
Tayyor! Endi siz o'z mablag'laringizni yanada
qulayroq va xavfsizroq boshqarishingiz mumkin
Openbank ilovasi orqali debet kartaga buyurtma beriladi. Buning uchun:
1. Kartalar bo‘limiga o‘tiladi va “Karta qo‘shish” tugmasini bosing
2. Keyingi ekranda “Kartaga buyurtma berish” tugmasini tanlang
va Openbank debet kartasini belgilang.
3. Karta shartlari bilan tanishing va yetkazib berish bosqichiga
o‘ting.
4. Yetkazib berish manzilini tanlang yoki qo‘shing, shuningdek
qo‘shimcha telefon raqamini kiriting.
Tayyor! Siz Openbank debet kartasiga buyurtma berdingiz!
Openbank ilovasi orqali virtual karta ochiladi. Buning uchun:
1. Kartalar ro‘yxatiga o‘ting va “Karta qo‘shish” tugmasini
bosing.
2. Keyingi ekranda “Kartaga buyurtma berish” tugmasini tanlang
va Openbank virtual kartasini belgilang.
3. Karta dizaynini tanlang va unga nom bering.
4. Tayyor! Bir necha daqiqadan so‘ng karta ro‘yxatda paydo
bo‘ladi.
Karta tariflarini ko‘rish uchun havola orqali o‘ting.
Agar siz kartani o‘z vaqtida olmagan bo‘lsangiz, 1377 raqami orqali bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Openbank ilovasi orqali karta tafsilotlarini ko‘rish mumkin. Buning uchun:
2. Kartalar bo‘limiga o‘tiladi va kerakli karta tanlanadi
3. Karta tasviri bosiladi
4. Karta tafsilotlarini ko‘rish va nusxalash mumkin
Humo, Visa va Uzcard to‘lov tizimlari bilan ishlaydigan barcha terminallarda to‘lovni amalga oshirishingiz, shuningdek, dunyo bo‘ylab onlayn do‘konlarda tovar va xizmatlarni xarid qilishingiz mumkin.
Kobeyj kartasi — Humo va Visa kabi ikki to‘lov tizimi asosida ishlovchi karta
Openbank ilovasi orqali kartangizni vaqtincha “muzlatib” qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun:
Ro‘yxatdan kerakli kartani tanlang.
Karta ma’lumotlariga o‘ting.
“Kartani muzlatish” tugmasini bosing.
Vaqtinchalik bloklash kartani vaqtincha yo‘qotgan holatlarda
mablag‘laringizni himoya qiladi. Kartani istalgan vaqtda qayta
faollashtirish mumkin. Shuningdek, karta “muzlatilgan” bo‘lsa,
undan foydalanish imkoni bo‘lmaydi.
Openbank ilovasi orqali kartani to‘liq bloklashingiz mumkin. Buning
uchun: Ro‘yxatdan kerakli kartani tanlang. Karta tafsilotlariga o‘ting. “Kartani bloklash” tugmasini bosing. Kartani bloklagandan so‘ng undan foydalanib bo‘lmaydi. Bloklashdan oldin quyidagilarga ishonch hosil qiling: karta endi kerak emas; yoki uchinchi shaxslar kartaga kirish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bloklashdan oldin mablag‘larni yechib olish tavsiya etiladi.
Nima qilish kerak:
1. Openbank ilovasiga kiring
2. “Barcha kartalar va hisob raqamlari” bo‘limiga o‘ting va ro‘yxatdan kerakli kartani tanlang
3. Tafsilotlarda “Kartani bloklash” tugmasini bosing va keyingi oynada sababini tanlang
4. Kartani bloklaganingizdan so‘ng:1377 raqami orqali bankning
mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling
5. Kartaning yo‘qolganligi yoki buzilganligi haqida xabar bering
6. Shaxsingizni tasdiqlang (masalan, maxsus parol yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali)
7. Yangi kartaga buyurtma berish tartibi haqida ma’lumot oling
8. Karta bilan bog‘liq barcha parollarni o‘zgartiring (masalan, internet-banking uchun). Hisobingizdagi operatsiyalarni kuzatib boring
Agar kartangiz yo‘qolgan yoki buzilgan bo‘lsa, hisobingizdagi mablag‘larga ruxsatsiz kirishning oldini olish va moliyaviy yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni darhol bloklang
Nima qilish kerak:
1. Openbank ilovasiga kiring
2. “Barcha kartalar va hisob raqamlari” bo‘limiga o‘ting va ro‘yxatdan kerakli kartani tanlang
3. Tafsilotlarda “Kartani bloklash” tugmasini bosing va keyingi oynada sababini tanlang
4. Kartani bloklaganingizdan so‘ng: 1377 raqami orqali bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling
5. Bank xodimiga kartangizdan mablag‘lar noqonuniy ravishda yechib olingani haqida xabar bering va operatsiyalar bo‘yicha ma’lumot so‘rang
6. Shaxsingizni tasdiqlang (masalan, maxsus parol yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali)
7. Kartadan pul o‘g‘irlanganligi bo‘yicha ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qiling
PIN-kodingizni Openbank mobil ilovasida o‘zgartirishingiz mumkin.
Buning uchun:
1. Openbank ilovasiga kiring
2. “Barcha kartalar va hisob raqamlari” bo‘limiga o‘ting va
ro‘yxatdan kerakli kartani tanlang
3. Tafsilotlarda “PIN-kodni o‘zgartirish” funksiyasini tanlang va yangi PIN-kod o‘rnating
4. Tayyor!
Telefon raqamini o‘zgartirish uchun 1377 raqamiga o‘ng‘iroq qiling
Siz faqat vaqtincha bloklangan (muzlatilgan) kartani blokdan chiqarishingiz mumkin.
“Muzlatilgan” kartani blokdan chiqarish uchun:
1. Openbank ilovasiga kiring
2. “Barcha kartalar va hisob raqamlari” bo‘limiga o‘ting va ro‘yxatdan muzlatilgan kartani tanlang (u “Vaqtinchalik bloklangan” holati bilan belgilanadi)
3. Tafsilotlar sahifasida “Kartani blokdan chiqarish” funksiyasini tanlang
4. Tayyor!
Shuningdek, 1377 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Bank xavfsizlik talablariga ko‘ra xodim sizdan shaxsingizni tasdiqlashingizni so‘rashi mumkin (masalan, maxsus parol yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali).