“Yangi uy” muddatli to‘lovi
Openbank sizga “Yangi uy” muddatli to‘lovi orqali qulay shartlar asosida uy-joy xarid qilish imkonini taqdim etadi — tez, shaffof va ishonchli. Onlayn ariza yuboring va qisqa vaqt ichida skoring natijasini oling
- Miqdori:1 mlrd so‘mgacha
- Muddati:10 yilgacha
- Boshlang‘ich badal:20% dan boshlab


Openbank mobil ilovasi orqali ariza topshiring va hujjatlarni bankka tashrif buyurmasdan imzolang.

Muddatli to‘lov summasini oshirish uchun bitimga 5 nafargacha birgalikdagi qarz oluvchini jalb qiling.

Mustaqil baholash, notarial rasmiylashtirish va kadastrda ro‘yxatdan o‘tkazish xaridning ishonchliligi hamda shaffofligini ta’minlaydi.
Foydali ma'lumotlar
- Ariza qoldiring
Openbank mobil ilovasida ariza yuboring va bir necha daqiqa ichida dastlabki qarorni oling
- Ko‘chmas mulkni tanlang
Ikkilamchi bozordan o‘zingizga mos obyektni tanlang va bitimni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni tayyorlang
- Boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiring
Openbank’da hisob oching va boshlang‘ich to‘lovni kiriting
- Hujjatlarni onlayn imzolang
Muddatli to‘lov shartnomasi elektron raqamli imzo yordamida masofadan turib imzolanadi
- Ko‘chmas mulk egasiga aylaning
Bitim rasmiylashtirilgandan so‘ng mablag‘ sotuvchiga o‘tkaziladi, siz esa tasdiqlangan to‘lov jadvaliga muvofiq oylik to‘lovlarni amalga oshirasiz
Bizning hamkorlarimiz
Openbank hamkorlari ikkilamchi bozorda turar va noturar joy ko‘chmas mulkining keng tanlovini taklif etadi. Biz birgalikda ko‘chmas mulkni xarid qilish jarayonini qulay va shaffof bo‘lishini, bitimning ishonchli amalga oshirilishini hamda rasmiylashtirishning har bir bosqichida professional ko‘makni ta’minlaymiz.

Uysot
Butun Oʻzbekiston bo‘ylab quruvchilardan yangi qurilgan turar-joylar bo‘yicha dolzarb takliflar.

Tencorp
Toshkentdagi ko‘chmas mulk agentligi — obyektlarni tanlash va bitimlarni to‘liq kuzatib borish bo‘yicha tajribaga ega.

A2Finance
Ko‘chmas mulkni sotib olish uchun moliyaviy yechimlar.

MegaRieltor
Turar-joy va tijorat ko‘chmas mulki bo‘yicha broker hamda investitsiya maslahatchisi.
Mobil ilova
Istalgan qulay vaqtda pul o'tkazmalarini amalga oshiring, xizmatlar uchun to'lang va uy-joy uchun muddatli to'lovni rasmiylashtiring.
Turar joy ko‘chmas mulkini xarid qilish uchun muddatli to‘lovni qanday olish mumkin?
Savollarga javoblar
Asosiy qarz qoldig‘iga nisbatan 24,99%
Marja — bankning foydasi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi: asosiy qarz × yillik stavka / 12
Yo‘q, tizim penya va jarimalarsiz ishlaydi
Ajratilgan limit yetarli bo‘lmagan taqdirda, 5 nafargacha birgalikda qarz oluvchilarni qo‘shish mumkin
Ha, uy-joy qiymatining kamida 20% dastlabki to‘lov sifatida kiritiladi. Ushbu summaga bank marjasi hisoblanmaydi
Ha, mumkin. Muddatidan oldin to‘langanda bank marjasi qayta hisoblanadi va umumiy qarzdorlik kamayadi
Shartnoma qarz ajratish asosida uy-joyni muddatli to‘lov bilan xarid qilishni nazarda tutadi va “qarz shartnomasi” sifatida rasmiylashtiriladi
Uy-joyni OpenGroup tarkibiga kiruvchi va bank bilan hamkorlikda ishlovchi “Open Tijorat” kompaniyasi sotib oladi
Ha. Ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida xarid qilish uchun sug‘urta polisini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi.
Sug‘urta polisi uchun to‘lov mijoz tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urta polisi ko‘chmas mulk qiymati va sug‘urta shartnomasining amal qilish muddatini inobatga olgan holda belgilanadi.
Openbank akkreditatsiyadan o‘tgan sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.
Muddatli to‘lov to‘liq muddatidan oldin yopilganda, agar bunday imkoniyat sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, mijoz foydalanilmagan davr uchun sug‘urta mukofotining bir qismini qaytarish masalasi bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishi mumkin. Mablag‘ni qaytarish to‘g‘risidagi qaror sug‘urta kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi.
