BEST - ishonchli pul o‘tkazish xizmati
Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalari

BEST pul o‘tkazmalari
Bu zamonaviy va ishonchli xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatidir. Pulni tez, qulay va xavfsiz tarzda yuboring hamda qabul qiling - mobil ilova orqali yoki hamkor ofislarda.

Xizmat 10 dan ortiq mamlakatda va 10 000 dan ortiq hamkor xizmat punktlari orqali amalga oshiriladi.

Tizim turli valyutalar bilan ishlaydi: rubl, dollar, o‘zbek so‘mi.

O‘tkazma holatini onlayn yoki mobil ilova orqali, unikal o‘tkazma raqami yordamida kuzatish mumkin.

Bank hisob raqamini ochmasdan ham pul yuborish mumkin - buning uchun mobil telefon va yuboruvchi hamda qabul qiluvchining asosiy ma’lumotlari yetarli bo‘ladi.
O‘tkazmani yuborish
Xavfsizlik: onlayn to‘lovlar xalqaro standartlar va zamonaviy shifrlash usullari bilan himoyalangan.
Barcha o‘tkazma yo‘nalishlari
Qanday jo'natish mumkin?







Xalqaro o‘tkazmalarga o‘tish uchun, ilovaning bosh sahifasida pastki navigatsiya panelidagi menyuni oching va «Xalqaro o‘tkazmalar» bo‘limini tanlang.
Qulay o‘tkazma tizimini tanlang — «Zolotaya Korona» yoki «BEST».
«Pul yuborish» tugmasini bosing — shunda o‘tkazma yaratish sahifasiga o‘tasiz.
O‘tkazma yuboriladigan mamlakatni tanlang. Qulaylik uchun qidiruv satridan foydalaning, so‘ng «Davom etish» tugmasini bosing.
O‘tkazma miqdorini kiriting: yechib olinadigan summani yoki qabul qiluvchi oladigan summani ko‘rsating. Kurs va komissiyani tekshirib, so‘ng «Davom etish» tugmasini bosing
Qabul qiluvchining ma’lumotlarini kiriting: familiyasi, ismi, sharifi hamda telefon raqamini (mamlakat kodi bilan). Barcha maydonlar to‘ldirilgach, «Davom etish» tugmasini bosing.
O‘tkazma muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Sizga operatsiya summasi, komissiya, qo‘llangan kurs va tranzaksiya nazorat raqami haqida ma’lumot taqdim etiladi.
Savollarga javoblar
BEST to‘lov tizimi orqali quyidagi davlatlarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin: Ozarbayjon, Abxaziya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkiya.
Quyidagi davlatlarga yuborilgan pul o‘tkazmalarini oluvchi naqd pul shaklida qabul qilishi mumkin: Ozarbayjon, Abxaziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston.
Shuningdek, Isroil, Rossiya va Tojikiston bank kartalariga pul o‘tkazish ham mumkin.
Pul o‘tkazmasi darhol yetib boradi — bu esa oluvchi boshqa davlatda pulni bir necha daqiqada, ya’ni bir daqiqadan so‘ng ham olishi mumkinligini anglatadi.
Buning uchun oluvchi qabul qilish punktiga borib, jo‘natma raqamini aytadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat — odatda pasport yoki ID-karta — ni taqdim etadi.
Faqatgina pul jo‘natma raqamini aytish va shaxsni pasport orqali tasdiqlash kifoya — operator jo‘natmani aynan uning qonuniy oluvchisi olishini tekshiradi.
Bank mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga 1377, +998 (78) 777-13-77 raqamlari orqali yoki Telegram’dagi @Onlinehelpcenterbot orqali bog‘lanishingiz mumkin.
Albatta, pul o‘tkazmasini bekor qilishning imkoni mavjud. Buning uchun siz, bankning Onlayn xizmat ko‘rsatish markaziga aloqaga chiqasiz va xodimlarga pul o‘tkazmasini bekor qilmoqchiligingizni ma’lum qilasiz. Pul o‘tkazmasini bekor qilish bo‘yicha ariza (barcha ma’lumotlar bilan) yozasiz. Pul mablag‘lari Sizning pul o‘tkazmasini amalga oshirishda ishlatgan kartangizga 3 ish kunida qaytariladi.
- Bunda, Pul o‘tazmasini bekor qilishning asosiy shartlaridan biri, Qabul qiluvchi pul mablag‘larini olmagan bo‘lishi kerak.
- Agar mijoz bekor qilish/qaytarish niyati bilan pul o‘tkazmasi yuborilgan kunning o‘zida murojaat qilsa, pul mablag‘lari komissiyalar bilan birgalikda shu kundagi konvertatsiya kursi biln qaytariladi.
- Agar pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan kundan keyin boshqa kunlarda murojaat qilsa, u holda komissiya qaytarilmaydi, va murojaat qilingan kundagi kurs bilan qaytariladi.
Qabul qiluvchining rekvizitlarini o‘zgartirish mumkin. Buning uchun bankning onlayn xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilasiz va yangi rekvizitlarni taqdim qilasiz. Buning asosiy sharti, qabul qiluvchi pul mablag‘larini olmagan bo‘lishi kerak. Agar pul mablag‘lari qabul qiluvchi tomonidan allaqachon olingan bo‘lsa, rekvizitlarni o‘zgartirishning imkoni bo‘lmaydi.
Pul o‘tkazmasini yuborish jarayonida olinadigan komissiya miqdori ilovada aniq ko‘rsatiladi. Shuningdek, qabul qiluvchi qancha summa olishini ham tizim avtomatik ravishda hisoblab beradi.