Openbank va First Abu Dhabi Bank hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Openbank va First Abu Dhabi Bank hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Openbank va First Abu Dhabi Bank hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Openbank bosh ofisida Yaqin Sharqdagi yetakchi moliyaviy institutlardan biri — First Abu Dhabi Bank (FAB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, innovatsion bank yechimlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish va xalqaro bozorlardagi faoliyatni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Barqaror o‘sish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.

Openbank First Abu Dhabi Bank vakillariga samarali muloqot va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarining konstruktiv muhokamasi uchun minnatdorlik bildiradi.