
Hurmatli mijozlar!
Xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va qulay bank xizmatlarini taqdim etish maqsadida “Openbank” AJ biznesga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tariflarni joriy etmoqda.
Shu bilan birga, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha universal shartnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Yangi tariflar va yangilangan universal shartnoma 2025-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi.