Islomiy moliyalashtirish sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

Islomiy moliyalashtirish sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
Islomiy moliyalashtirish sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

Openbank bugun Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuv davomida shariat talablariga muvofiq moliyalashtirish va xususiy sektorni rivojlantirish borasidagi yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.

Tomonlar kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Uchrashuv barqaror rivojlanish va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.