Omonatlarni kafolatlash tizimi
Sizning omonatlaringiz ishonchli qo‘llarda!

“Open bank” AJda omonatlarni kafolatlash va uning muhim jihatlari
Jismoniy shaxslar
Jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shuningdek yuridik shaxslarning banklardagi omonatlari, 2025-yil 18-fevraldagi O‘RQ-1031-sonli “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
“Open bank” AJ
“Open bank” AJ omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi va bankda ochilgan omonatlar bankning moliyaviy barqarorligi bilan kafolatlanadi.
Kafolatlash
Jismoniy shaxslarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shuningdek yuridik shaxslarning banklardagi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi va chet el valyutasidagi omonatlari kafolatlash obyektlaridir.
Kafolatlash obyektini aniqlashda quyidagilar omonat deb hisoblanadi:
- bank omonati shartnomasiga yoki bank hisobvaragʻi shartnomasiga muvofiq bankka qoʻyilgan, shu jumladan shartnomaning tegishli shartlari bajarilguniga qadar alohida hisobvaraqlarda saqlanadigan (“eskrou” xizmati), shuningdek omonat (depozit) sertifikatlari bilan tasdiqlangan pul mablagʻlarining qoldigʻi;
- bank omonati shartnomasi yoki bank hisobvaragʻi shartnomasi boʻyicha hisoblangan, biroq kafolatlash hodisasi yuzaga kelguniga qadar toʻlanmagan foizlarning qoldigʻi, agar ularni hisoblash mazkur shartnomalarda nazarda tutilgan boʻlsa, shuningdek omonat (depozit) sertifikatida belgilangan foizlarning hisoblangan, biroq toʻlanmagan qoldigʻi.
Quyidagilar kafolatlash obyekti boʻlmaydi:
- banklarning, nobank kredit tashkilotlarining, lizing tashkilotlarining, sugʻurta tashkilotlarining, investitsiya va pay fondlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlat vakolatli organining tegishli litsenziyasiga yoki ruxsatiga asosan faoliyat yuritayotgan yoxud faoliyatini vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan boshqa moliya tashkilotlarining omonatlari;
- shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida jamgʻarilgan pul mablagʻlari;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq faoliyatdan olinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlangan pul mablagʻlari.
Quyidagilar omonat hisoblanmaydi:
- aksiyalar hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq bankning regulyativ kapitali tarkibiga kiritilgan boshqa vositalar;
- bank tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qogʻozlari;
- bankning subordinar qarz majburiyatlari;
- bankning seyflarida saqlanayotgan pul mablagʻlari;
- hosila moliyaviy vositalar, jumladan bank tomonidan chiqarilgan fyucherslar, forvard kontraktlari, svoplar va opsionlar boʻyicha yuzaga keladigan talab qilish huquqi;
- bankning mol-mulkni ishonchli boshqarish faoliyati bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan talab qilish huquqi.
Kompensatsiya miqdori, uni to‘lash tartibi, usullari va muddatlari
Kafolatlash obyekti egasi boʻlgan omonatchilarda kafolatlash hodisasi, ya’ni tijorat bankning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonindan chaqirib olinishi va bankni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran, Agentlikdan kafolatlangan omonat miqdoridan (200 million so‘mdan) oshmagan summada kompensatsiyalar toʻlashni talab qilish huquqi yuzaga keladi.
Kompensatsiyaning summasi kafolatlash hodisasi yuz bergan sanaga hisob-kitob qilinadi va tugatuvchi tomonidan taqdim etiladigan reyestr asosida Agentlik tomonidan toʻlanadi.
Chet el valyutasidagi kafolatlangan omonat boʻyicha kompensatsiya Markaziy bankning kafolatlash hodisasi yuzaga kelgan sanadagi kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi.
Ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq, bir bankda bir omonatchiga to‘lanadigan kompensatsiya quyidagi miqdorni tashkil etadi:
- Kafolatlash obyekti qoldig‘ining to‘liq hajmini, agar uning miqdori ikki yuz million so‘m yoki undan kam bo‘lsa;
- ikki yuz million so‘mni, agar kafolatlash obyektining qoldig‘i ikki yuz million so‘mdan koʻp bo‘lsa.
Qonunning 29-moddasiga asosan esa “Agentlik tugatilayotgan bank omonatchilarining kamida toʻrtdan uch qismiga kompensatsiyalarni olish imkoniyatini:
2026-yil 1-yanvardan boshlab - kafolatlash hodisasi yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida;
2027-yil 1-yanvardan boshlab — kafolatlash hodisasi yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran yetti ish kunida taʼminlashi shart”ligi belgilab qo‘yilgan.
Agar ajratilgan muddat ichida kompensatsiya ololmagan bo‘lsangiz, mablag‘ingizni istalgan vaqtda olishingiz mumkin.
Muhim!
Omonatlarni kafolatlashga faqat bank litsenziyasi bekor qilinganda zarurat tug‘iladi. Boshqa hollarda bank o‘z majburiyatlarini to‘liq bajaradi va omonatchilarning mablag‘larini saqlash hamda qaytarish bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Shuningdek, yangi qonun kuchga kirguniga qadar ochilgan barcha omonatlar, summasidan qat’iy nazar, davlat tomonidan to‘liq kafolatlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi havolalar orqali o‘ting:
Savollarga javoblar
«Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi Qonunga muvofiq O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqarolari, chеt ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaхslarning O‘zbеkiston Rеspublikasi banklaridagi omonatlari Fond tomonidan kafolatlanadi.
«Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq:
- aksiyalar hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq bankning regulyativ kapitali tarkibiga kiritilgan boshqa vositalar
- bank tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qogʻozlari;
- bankning subordinar qarz majburiyatlari;
- bankning seyflarida saqlanayotgan pul mablagʻlari;
- hosila moliyaviy vositalar, jumladan bank tomonidan chiqarilgan fyucherslar, forvard kontraktlari, svoplar va opsionlar boʻyicha yuzaga keladigan talab qilish huquqi;
- bankning mol-mulkni ishonchli boshqarish faoliyati bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan talab qilish huquqi.
Fond bilan yozma bitim rasmiylashtirgan tijorat banklaridagi fuqarolarning omonatlari Fond tomonidan kafolatlanadi. Ayni paytda rеspublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha banklar tomonidan Fond bilan tеgishli bitim rasmiylashtirilgan.
Bankning bank opеrasiyalarini amalga oshirish huquqini bеruvchi lisеnziyasi O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lanishi Fond tomonidan kafolatlanadi.