Bank mijoz va hamkorlariga rasmiy murojaat
Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan bank nomi «Smart bank» aksiyadorlik jamiyatidan «Open bank» aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirildi. Shuningdek, bankning yuridik manzili quyidagicha belgilandi: O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy.
Bank nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) hamda elektron pochta manzilining o‘zgarishi: bankning huquqiy maqomiga, amaldagi shartnomalarning amal qilish muddatiga, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va mahsulotlar sifati hamda tarkibiga ta’sir ko‘rsatmaydi.Bankning barcha majburiyatlari va kelishuvlari o‘z kuchida qoladi.
Shuningdek, barcha shartnomaviy majburiyatlar va talablar, bank hisobvaraqlari, telefon raqamlari xizmat ko‘rsatish tartibi va sifati o‘zgarishsiz qoladi. Bankning huquqiy vorisligi to‘liq saqlanadi.
“Open Bank” aksiyadorlik jamiyati yuridik va jismoniy shaxslarga masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish kanallari orqali barcha turdagi bank xizmatlarini taqdim etuvchi raqamli bank hisoblanadi.
Bank tomonidan nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan jami 500 million dona aksiyalar chiqarilgan va joylashtirilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 500 milliard so‘mni tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar bank mijozlarining turli loyihalarini moliyalashtirishga hamda bank likvidliligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bank tomonidan kelajakda qo‘shimcha aksiyalar chiqarish hamda sof foydani kapitallashtirish orqali ustav kapitalini ko‘paytirish rejalashtirilgan. Bu esa bankka moliyaviy xizmatlar bozorida o‘z faoliyatini yanada muvaffaqiyatli rivojlantirish imkonini beradi.
Bank aksiyadorlari tarkibi:
1. Future Open Technology Group AJ - 425 333 333 dona yoki 85,07 foiz aksiyalariga egalik qiladi.
2. Sultonov K.A. - 50 000 000 dona yoki 10 foiz aksiyalariga egalik qiladi.
3. Adilov Z.N. - 24 666 667 dona yoki 4,93 foiz aksiyalariga egalik qiladi.
Bank tomonidan aksiyadorlarga hisoblangan va to‘langan dividendlar:
- 2023-moliyaviy yil uchun: har bir oddiy aksiya uchun 0,4%.
- 2024-moliyaviy yil uchun: dividendlar hisoblanmagan.